Miniflebektomiya nima?Miniflebektomiya – bu varikoz kengaygan oyoq venalarini kichik teshikchalar orqali olib tashlash usuli. Jarrohlik kesmasi qilinmaydi, faqat terida 1–2 mm mikrokichik teshiklar ochiladi va ular orqali varikoz venalar maxsus moslama yordamida chiqarib tashlanadi.
Bu usul estetik jihatdan qulay, tezkor va og‘riqsiz bo‘lib, bemorlar orasida eng ko‘p qo‘llaniladigan davolash usullaridan biridir.
Qanday amalga oshiriladi?- Mahalliy og'riqsizlantirish ostida bajariladi (umumiy narkoz talab qilinmaydi).
- Teri ustida kichik teshiklar qilinadi.
- Maxsus moslama (kanca) yordamida varikoz venalari chiqariladi.
- Teshiklar tikilmaydi, ular o‘z-o‘zidan tez bitadi va iz qoldirmaydi.
Miniflebektomiyaning afzalliklari✅ Kesmasiz va chandiqsiz operatsiya
✅ Minimal og‘riq va qisqa tiklanish davri
✅ Oyoq estetik ko‘rinishi tez tiklanadi
✅ Samarali va xavfsiz usul
✅ Ambulator sharoitda bajarilishi mumkin
Qachon miniflebektomiya tavsiya qilinadi?- Oyoqlarda bo‘rtib chiqqan varikoz venalar bo‘lsa
- Varikoz tufayli og‘riq, shish yoki noqulaylik sezilsa
- Estetik ko‘rinishdan norozi bo‘lsangiz
- EVLO yoki boshqa lazer usullaridan keyin qolgan varikoz tugunlarni olib tashlash kerak bo‘lsa
Bizda miniflebektomiyaBizning klinikamizda miniflebektomiya:
- Tajribali flebologlar tomonidan bajariladi
- Zamonaviy steril asbob-uskunalar qo‘llaniladi
- Tiklanish muddati qisqa, natija esa uzoq muddatli bo‘ladi
👉
Varikoz venalaridan xalos bo‘lishning xavfsiz va samarali yo‘li – miniflebektomiya!Bugunoq flebolog ko‘rigiga
yoziling va ultratovush diagnostikadan o‘ting.